Maxfiylik siyosati
Biz faqat xizmat ishlashi uchun kerak bo'lgan ma'lumotlarni saqlaymiz.
- Kirishda: ismingiz, elektron pochtangiz va profil rasmingiz (Google) yoki Telegram ismingiz va raqamingiz.
- Taklifnomada: siz yozgan matnlar, sana, manzil, rasmlar va musiqa. Ular faqat taklifnomani ko'rsatish uchun ishlatiladi.
- Mehmonlardan: Kelaman javobi va tabriklar. Brauzerda belgi (cookie) saqlanadi — bir mehmon bir marta javob berishi uchun.
- To'lovlar: tranzaksiya raqami va summa — to'lovni tekshirish uchun. Biz hamyoningiz kalitlarini hech qachon so'ramaymiz.
- Statistika: sahifa necha marta ochilgani. IP manzil va brauzer saqlanmaydi — faqat ularning qaytarib bo'lmaydigan xeshi.
Ma'lumotlaringizni hech kimga sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz.
Taklifnoma tadbirdan 60 kun o'tgach yopiladi. Hisobingiz va ma'lumotlaringizni o'chirishni xohlasangiz — bizga yozing.
Savollar bo'lsa — bizga yozing.